Xeyli ABC telekanali efirida bunday gaplarni tuturiqsiz va AQSh ma'muriyatida biror kimning Trampni “kasbiy yaroqsizligi” sababli chetlatishga urinishini imkonsiz deb atagan.

“Men hech qachon bu haqda eshitmaganman va ma'muriyat a'zolari haqida gapirilsa, buning haqiqatga aloqasi bor, deb o‘ylamayman”, deb ta'kidlab o‘tgan Xeyli.  

Uning ta'kidlashicha, ma'muriyatda hech kim prezidentning ruhiy sog‘ligi yoki biror shunday holatni savol ostiga qo‘ymagan.

Avvalroq The New York Times nashri Rozenstayn Tramp boshchiligidagi ma'muriyat “qanday xaosda qolganini” ko‘rsatish uchun Oq uy rahbarining suhbatlari audioyozuvini qilmoqchiligini ma'lum qilgan. Rozenstayn go‘yoki Trampdan hokimiyatning vitse-prezident Maykl Pens foydasiga olib qo‘yilishini rejalashtirgan.