«Zenit» safida gollarga Artyom Dzyuba, Sebastyan Driussi, Aleksandr Yeroxin va Oleg Shatov (dubl) mualliflik qilishdi. «Temiryo‘lchilar»ning gollari Dmitriy Barinov, Aleksey Miranchuk va Fyodor Smolov tomonidan urildi.

Amaldagi chempionlar bo‘lmish «Lokomotiv» o‘yinni bir kishi kam bo‘lib yakunladi - 77-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan himoyachi Dmitriy Tarasov ikki sariq kartochka oldi va 82-daqiqada maydonni tark etishga majbur bo‘ldi..

Qayd etish kerakki, bu keyingi 3 mavsumda Rossiya chempionatida kuzatilgan eng sermahsul o‘yin bo‘ldi. Avvalgi ikki mavsumdagi hech bir o‘yinda 8tadan ortiq gol urmagan. Oxirgi marta 2015 yil sentabrida bundan yirik hisob qayd etilgan, o‘shanda TsSKA «Mordoviya»ni 6:4 hisobida mag‘lub etgandi.

Endilikda «Zenit» ochkolari sonini 22taga yetkazdi va turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirdi, «Lokomotiv» 9 ochko bilan 11-o‘rinda qoldi.

Keyingi turni moskvaliklar jamoasi o‘z maydonida «Axmat»ga qarshi o‘tkazadi (29 sentabr), piterliklar esa «Anji» mehmoni bo‘ladi (30 sentabr).

Rossiya chempionati
8-tur
Zenit – Lokomotiv 5:3

Gollar: 1:0 – 13 Shatov, 1:1 – 17 Barinov, 2:1 – 48 Yeroxin, 3:1 – 57 Dzyuba, 4:1 – 64 Shatov, 4:2 – 74 Miranchuk, 4:3 – 85 Smolov, 5:3 – 90 Driussi.
Zenit – Lunev, Netu, Ivanovich, Smolnikov, Nabiullin, Shatov (Markizio, 68), Paredes, Kuzyayev (Ernani, 73), Yeroxin, Driussi (Kokorin, 90), Dzyuba.
Lokomotiv – Gilerme, Xevedes, Kverkveliya, Chorluka (Tarasov, 78), Ignatev (Miranchuk, 70), Denisov, Miranchuk, Fernandesh, Barinov, Idovu, Smolov.
Ogohlantirishlar: Kuzyayev (27), Barinov (29), Ignatev (34), Idovu (72), Tarasov (80), Ernani (87), Driussi (90).
Chetlatish: Tarasov (82).