Supermarket mijozlarni iste'mol oldidan qulupnaylarning ichini ochib ko‘rish zarurati haqida ogohlantirdi hamda ularga mevalarni qaytarish imkonini berdi. 

"Xaridorlar xotirjamlik uchun uylaridagi Choice brendi ostidagi qulupnaylarni qaytarishlari mumkin. Ularga kompensatsiya beriladi", deb yozilgan Countdown tarmog‘ida. 

Countdown tarmog‘i shuningdek voqeani o‘rganish maqsadida Yangi Zelandiya va Avstraliya hukumatlari bilan bog‘landi. Tarmoq vakili ignali qulupnaylar aniqlangan do‘konlar manziliga aniqlik kiritmadi. Shu bilan birga, ignalarni xaridor aniqlaganmi yoki do‘kon xodimi - noaniq.