Avvalroq, 2030 yilga kelib bu raqam 7,2 foizga yetishi rejalashtirilgandi. Bugungi kunda ushbu ko‘rsatkich 1 foizdan oshmaydi.

Prezident qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish uchun 2019 yilning 1 iyuliga qadar chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish haqida topshiriq berdi, bu qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda elektr energiyasi ishlab chiqarish sohasida mamlakat yoqilg‘i-energetika muvozanatini diversifikatsiya qilish imkonini beradi.

Davlat rahbarining topshirig‘iga ko‘ra, bu sohadagi yangi siyosat energiya, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan uskunalar ishlab chiqaruvchilarni, shuningdek, investorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish uchun sharoitlar va mexanizmlarni nazarda tutishi kerak.

Bundan tashqari, zamonaviy energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni tatbiq etish asosida yangi quvvatlarni yaratish va texnologik qayta jihozlashni amalga oshirish yo‘li bilan ishlab chiqariluvchi mahsulotning energiya sig‘imi kamaytiriladi.