15 sentabrda Las-Vegasda Alvares va Golovkin o‘rtasida o‘tgan takroriy jang meksikalikning g‘alabasi bilan yakunlangandi. Qozog‘istonlik bokschi faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatiga uchrab, barcha unvonlaridan mahrum bo‘lgan.
IBO 1988 yilda tashkil etilgan va professional boksda nufuzlilik bo‘yicha 5-raqamlisi hisoblanadi. Hozirda mashhur bokschilardan faqatgina Entoni Joshua IBO unvoniga ega.











