Alvares o‘zining oxirgi jangida qozog‘istonlik bokschi Gennadiy Golovkinni hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratgandi.
«Hozirgi paytda meni o‘ylantirayotgan yagona narsa - qo‘lga kiritilgan g‘alaba. Bu men aytishim mumkin bo‘lgan narsalardan biri. Kelajagimga keladigan bo‘lsak, biz uni jamoa bilan birga muhokama qilamiz, biroq hozirgi vaqtda dekabr oyida qaytishim rejalashtirilmoqda», - deya meksikalikning so‘zlarini keltiradi Boxingnews24.
Ta'kidlanishicha, chempionning raqibiga kim aylanishi hozircha noma'lum bo‘lib turibdi.











