“Yevropa” seriyasidagi banknotalar qalbakilashtirishdan qo‘shimcha himoyaga ega. Bunday himoya 5 yevrodan 50 yevrogacha qiymatdagi banknotalarda qo‘llangan.
Kupyuralarni bosishda “€” belgili maxsus gologramma qo‘llanadi. Shuningdek, ularda afsonaviy Yevropaning (qadimgi yunon mifologiyasida finikiyalik shoh qizi) surati va arxitekturaviy elementlar tasvirlanadi.
100 va 200 yevrolik kupyuralarning o‘lchami ham o‘zgardi, endi ular 50 yevrolik kupyura kabi o‘lchamlarga ega bo‘ladi.











