Ma'lum bo‘lishicha, shu yilning 3 aprelidan 30 iyuniga qadar “Jizzax agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyati Arnasoy tuman filiali mudir o‘rinbosari lavozimida ishlagan I.V. o‘zining moddiy javobgarligida bo‘lgan jami 145 mln 332 ming 350 so‘mlik 445,3 litr superfar hamda 9,6 litr bestseller 20 foizli zaharli kimyoviy dori vositalarini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilib, ushbu kamomadni yashirish maqsadida Arnasoy tumani hududidagi 47 ta fermerlik xo‘jaliklari rahbarlari nomidan soxtalashtirilgan ishonchnoma va yuk xatlarini rasmiylashtirganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish: juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.











