Professor Frayburgdagi ma'ruza chog‘ida kokos moyi ovqat tarkibida iste'mol qilinsa, u qanday zarar keltirishi mumkinligi haqida aytib o‘tdi. Uning ma'lum qilishicha, bu «yeyish mumkin bo‘lgan eng yomon mahsulotlardan biri hisoblanadi».
Mixelsning ta'kidlashicha, kokos moyining 80%dan ko‘prog‘i to‘yingan yog‘lardan iborat - bu cho‘chqa go‘shtidan ikki barobar, mol go‘shtidan esa 60 foizga ko‘proq degani. Uning qayd etishicha, kokos moyi «yomon xolesterin» miqdorini oshiradi (LPNP - past zichlikdagi lipoproteinlar). Uning ortib ketishi yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishi xavfini oshiradi.











