Breitbart’ning ma'lum qilishicha, jinoyatchilar Meksika va Amerika Qo‘shma Shtatlari chegarasida o‘yinchining oilasiga hujum qilishgan. Bir guruh qurolli jangarilar futbolchining mashinasiga qarata o‘t ochishdi. Hujum natijasida Ernandes va uning onasi Fabiola o‘ldirilgan, otasi hamda singlisi esa omon qolgan.
Huquqni muhofaza qilish idoralari fikriga ko‘ra, dastlab jinoyatchilar boshqa avtomobilga hujum qilishni mo‘ljallashgan va qurbonni adashtirib yuborishgan.
16 yoshli Ernandes «Real San Kosme» jamoasida o‘ynagan. Meksika futbol federatsiyasi fojia yuzasidan ta'ziya bildirdi.











