Ayrimlar lavhada haqiqiy robot tasvirlanganiga ishondi.

Aslida esa rolikda rejissyor Nil Blomkampning qisqa metrajli filmlari uchun chizilgan robotlardan biri tasvirlangan. Bu rolikni ilk bor kompyuter modelining yurishi namoyishi sifatida rassomlardan biri o‘z instagramida joylashtirgandi.  

Adam — quvvati tugaguniga qadar shahar bo‘ylab aylanib yuruvchi odamsimon robotlar haqida Nil Blomkamp studiyasi tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmdir.