Sportchining instagramdagi sahifasida yozishicha, suvga muvaffaqiyatsiz sakrash uning uchun oxirgisiga aylanishi mumkin edi.
«Bugun tirik qolganimdan xursand ekanim haqida rost aytishim mumkin. Suvga sakrash vaqtida barcha ehtimoliy vaziyatlardan eng yomoni yuz berdi.
Loyqa ko‘tarildi, men g‘orda o‘zimni va do‘stimni yo‘qotib qo‘ydim, hattoki o‘z qo‘llarimni ham ko‘ra olmadim, bu hayotimdagi eng qo‘rqinchli lahza edi.
O‘g‘limni, rafiqamni esladim, ularga xavotir olmasdan o‘tirishlari haqida tayinlaganimni yodga oldim! Men buni boshimdan o‘tkazdim va uyga qaytmoqdaman!» - deyiladi xabarda.
35 yoshli Serrone MMA’da 45ta jang o‘tkazib, ularning 33tasida g‘alaba qozongan.











