«Inter» klubi bosh murabbiy Luchano Spalletti bilan hamkorlikni uzaytirdi.
Mutaxassis «ko‘k-qoralar» bilan 2021 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnomani imzoladi.
Spalletti «Inter»da 2017 yil yozidan beri ishlamoqda. Jamoa uning qo‘l ostida o‘tgan mavsumni 4-o‘rinda yakunlab, Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.











