«Atletik» darvozaboni Kepa Arrisabalaga rasman «Chelsi»ning yangi a'zosiga aylandi.

London klubi ushbu 23 yoshli ispaniyalik darvozabon bilan shartnoma imzolanganini tasdiqladi.

Kepa futbol tarixidagi eng qimmat darvozabon va eng qimmatbaho ispaniyalik futbolchiga aylandi.

«Chelsi» uni 80 million yevro evaziga transfer qildi.