Musobaqaning so‘nggi o‘yinida O‘zbekiston olimpiyachilari Vetnam bilan 1:1 hisobidagi durangni qayd etib, jami 2 ochko to‘plab, 3-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonliklar 1-tur o‘yinida Ummon bilan 1:1 hisobida durangni qayd etgan bo‘lsa, Falastinga qarshi o‘yinda 1:2 hisobida yutqazgan edi.
Vetnamdagi xalqaro musobaqa O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga nomzod bo‘lgan futbolchilarni sinovdan o‘tkazish, ularga xalqaro o‘yinlar tajribasini taqdim qilish va saralab olish vazifasini bajarib berdi.











