«Yo‘l qurilishida sifatsiz beton mahsulotlari ishlatilganini ko‘rdingizmi? Sifatsiz yo‘l qurilayotganining guvohi bo‘ldingizmi? Asfalt yotqizilgan yo‘llar qisqa muddatdi (6-10 oy) buzilib ketganmi?
Murojaat qiling. Murojaatingiz javobsiz qolmaydi. Bizning vazifamiz xalqimiz uchun uzoq muddat xizmat qiladigan avtomobil yo‘llarining sifatli qurilishini nazorat qilish», - deyiladi saytda.
Ta'kidlanishicha, murojaatni yuborish uchun elektron raqamli imzo talab etilmaydi.











