Xitoylik olimlar ishlab chiqqan ushbu kompyuter eksaflop (1 eksaflop 1 kvintillionga teng) avlodlari turkumiga kiritilmoqda. 

Sinxua axborot agentligining yozishicha, prototipning yaratilishi «Tyanxe-3» superkompyuterining o‘zini paydo bo‘lish muddatlarini yaqinlashtiradi. Bu qurilma taxminan 2020 yilgacha tayyor bo‘lishi kutilmoqda.