Avvalroq vulqon otilganidan so‘ng 332 kishi bedarak yo‘qolgani xabar qilingandi. Halok bo‘lganlar soni 125 kishiga yetgandi.

"Bugungi kunga kelib Gvatemala sud ekspertizasi milliy instituti Fuego vulqoni otilishi oqibatida halok bo‘lgan 153 kishining shaxsini aniqladi", — deyiladi institutning Twitter sahifasida e'lon qilingan bayonotida.

Fuego vulqoni 3 iyun kuni otilishni boshlagandi. Fojia mamlakatning 16,6 million aholisidan 1,7 million nafariga o‘z ta'sirini ko‘rsatgan.