Mazkur terminal yo‘lovchilar va ularning yuklariga xalqaro standartlarga muvofiq xizmat ko‘rsatish imkonini beradigan eng zamonaviy texnika bilan jihozlangan. Binoda aviatsiya xavfsizligini yuqori darajada ta'minlash uchun zamonaviy muhandislik va texnologik jihozlar o‘rnatilgan.

Shuningdek, parvozoldi nazorati va yuk olish maydonlari kengaytirilgan hamda ro‘yxatdan o‘tish ustunlar soni ko‘paytirilgan. Terminalda mahalliy va xalqaro aviayo‘nalishlar uchun yo‘lovchilar zali, ona-bola xonalari, tibbiyot punkti, valyuta ayirboshlash shoxobchalari, suvenir do‘konlari, kafe-bar va boshqa qulayliklar yo‘lovchilar xizmatida.
Eslatib o‘tamiz, "Nukus" xalqaro aeroporti har qanday rusumdagi samolyot va vertolyotlarni qabul qilish imkoniga ega. Uchish-qo‘nish yo‘lagining uzunligi 3 ming metr, kengligi 45 metrdan iborat. Aerodromda xalqaro standartlarga javob beruvchi zamonaviy yoritish-signal va aeronavigatsiya uskunalari o‘rnatilgan.










