Kiodo axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p qurbon Xirosima (47 kishi), Okayama (36 kishi) va Eximeda (26 kishi) qayd qilingan. Kioto, Yamaguti, Fukuoka, Xyogo, Kagosima, Gifu, Siga, Koti va Sagada yana 17 kishi o‘lik topilgan.
6 iyulda Yaponiyaning markaziy va janubi-g‘arbiy qismiga kuchli yomg‘irlar yopirilgan. Bir necha kun ichida Gifu prefekturasiga 1050 mmdan ko‘proq, Eximega 745 mm, Kiotoga 465 mm, Xirosimaga 442 mm, Xyogoga 430 mm, Okayamaga 310 mm yomg‘ir tushgan. Yog‘ingarchilik miqdori o‘rtacha oylik me'yordan 2-3 barobar ko‘proqni tashkil qilgan.
Yomg‘irlar oqibatlarini bartaraf etish va qidiruv-qutqaruv ishlarida politsiya, o‘t o‘chirish xizmati va mudofaa kuchlarining 74 mingga yaqin xodimi ishtirok etmoqda. Shuningdek, ushbu ishlarga 73 ta vertolyot jalb etilgan.











