“Roskosmos” ma'lum qilganidek, Rossiya va BAA amirlik bir fazogirni tanlab olish, uni parvozga tayyorlash va “Soyuz MS-12” kemasida XKSga parvozi bo‘yicha dastlabki kelishuvni imzolagan.
Tanlab olingan nomzodlar jismoniy va ruhiy tayyorgarlik bo‘yicha sinovdan muvaffaqiyatli o‘tishgan. Nomzodlarning keyingi saralanishi turli davlatlar koinot agentliklari mutaxassislarini jalb qilgan holda o‘tkaziladi.
Saralashning 1-bosqichida koinotga parvoz qilish istagini bildirgan 4 ming amirlikdan 95 kishi tanlab olingandi. Ular orasidan 25 ayol va 75 erkak o‘rin olgandi. Aksariyat nomzodlarning yoshi 35 dan kichik.











