«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 30 iyun kuni Toshkent-Moskva (Vnukovo) yo‘nalishi bo‘ylab qo‘shimcha qatnovni amalga oshiradi.
MAK matbuot xizmatidan ma'lum qilishlaricha, zamonaviy Boeing - 787 Dreamliner havo laynerida qatnov quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:
HY-3517 Toshkent 18:00 - Moskva 20:00 (Vnukovo aeroporti).
Aviakompaniya shuningdek, 30 iyun kuni Moskva-Mexiko yo‘nalishi bo‘ylab charter qatnovini amalga oshiradi. Ushbu parvoz ham Boeing - 787 Dreamliner havo laynerida amalga oshiriladi.
Mazkur qatnovga Meksikaning futbol bo‘yicha milliy terma jamoasining ma'muriyati hamda jamoa muxlislarini Moskvadan Mexiko shahriga olib borish uchun buyurtma bergan.











