Foto: Attila KISBENEDEK / AFP

«V» guruhida 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinda qolgan marokashliklarning maktubidagi shikoyatlar VAR videokuzatuv tizimi tahlillari orqali asoslantirilgan. Xatda hakamlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoliklar ro‘yxati ham keltirib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya – Marokash (1:0) uchrashuvini amerikalik referi Mark Geyger, Ispaniya – Marokash (2:2) bahsini hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib borgandi.