Haykalni yaratish bilan Nyu-Yorkda joylashgan, rassomlar Jyeyson Klimoski va Lesli Chang tomonidan boshqariluvchi STUDIOKCA dizayn-studiyasi shug‘ullangan. Ular bu ishlari bilan jamoatchilik e'tiborini dunyo okeanining ifloslanishi muammosiga qaratmoqchi bo‘lishgan. Dunyo okeanida to‘planadigan plastik suv osti jonzotlariga katta ziyon yetkazadi.
Haykalga izohda ayni vaqtda okeanlarda 150 mln tonna plastik mavjudligi aytilgan. Bu esa sayyoramizdagi barcha kitlarning og‘irligidan ko‘proqni tashkil qiladi. Gohida bu chiqindilar butun orollarni hosil qiladi.










