Tizimli va samarali olib borilayotgan bugungi islohotlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishda «Respublika komissiyasi»ning sud organlari xodimlari jamoasi faollik ko‘rsatmoqda. 

17 iyun kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani Qashqar mahallasiga Respublika ishchi guruh vakillari tashrif buyurdi. Guruhga Oliy sud raisi K.Kamilov boshchilik qildi. 

Unda barcha mahalliy davlat organlari vakillari, jamoatchilik tashkilotlari qatnashdi. Asosiy maqsad hududlardagi jinoyatchilikni oldini olish va profilaktika choralari qanday tartibda olib borilishini kuzatishdan iborat. Fuqarolar bilan erkin muloqot qilinib, hududdagi muammo va kamchiliklar o‘rganilmoqda. Oliy sud raisining keyingi tashriflari rejaga asosan davom etadi.