Umumiy guruh mashg‘ulotlarida terma jamoaning barcha futbolchilari, shu jumladan Muhammad Saloh ishtirok etgan. «Liverpul» futbolchisi birinchi tur doirasida Urugvayga qarshi kechgan va 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘yinni jarohat tufayli o‘tkazib yuborgandi. U endi Rossiyaga qarshi o‘yinning boshlang‘ich tarkibida bo‘lishi kutilmoqda.