Ka Vay Pele nomi bilan ham ma'lum bo‘lgan ko‘l 400 yilcha avval hosil bo‘lgan.

 

Kilauea vulqoni otilishi may oyi boshida boshlangandi. O‘shandan beri yaqin atrofdagi odamlarni evakuatsiya qilish davom etmoqda. Biroq hozir lava qochish uchun oxirgi yo‘lni to‘sib qo‘yishi mumkin. Agar bu yuz bersa, Katta oroldan ketishning imkoni qolmaydi.

Tabiiy ofat yuzlab uylarni vayron qilgan. Aholi nafaqat lavadan, balki havoda to‘planayotgan zaharli gazlardan xavfsiramoqda. Lavaning dengiz suviga tushishi oqibatida zaharli bulut hosil bo‘lgan.