Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis va AQSh qurolli kuchlari shtablari boshliqlari qo‘mitasi raisi – general Jozef Danford harbiylar uchun tegishli yo‘riqnomalarni ishlab chiqishmoqda. 

Donald Tramp va Kim Chen Inning Singapurdagi uchrashuvi yakunlariga ko‘ra qo‘shma hujjat imzolangan. Unga ko‘ra, Shimoliy Koreya AQSh tomonidan xavfsizlik kafolati berilishiga javoban Koreya yarimorolini yadroviy qurolsizlantirishni o‘z zimmasiga oladi. Bundan tashqari, Tramp Janubiy Koreya bilan birgalikda o‘tkazilayotgan harbiy mashg‘ulotlarni to‘xtatishga va'da bergan. Biroq keyinroq AQShning Janubiy Koreyadagi harbiy kontingenti qo‘mondonligi bu borada hech qanday buyruq olinmaganini ma'lum qilgandi.   

CNN’ning ta'kidlashicha, Tramp bu masalada Xitoy raisi Si Tszinpin ta'siri ostida yonbosishga qaror qilgan.