"Qo‘ldan kelgancha shahrimizni aqllilashtirishga, ya'ni tizimlarni - ko‘chalardagi Wi-Fi'dan tortib barcha transport turlaridan xabardorlikka qadar yo‘lga qo‘yishga, odamlar o‘rtasidagi kommunikatsiyani oshirishga harakat qilamiz. Bularning bari shahar hokimligining imkonidan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan ishlardir.
Albatta, Toshkentni qisqa muddatlarda AQSh shaharlari yoki London darajasiga olib chiqish qiyin. Islohotlarni joylarda qisman tatbiq qilib ko‘ramiz va odamlarning bunga munosabatini, bularning kerak yoki kerak emasligini o‘rganamiz. Har bir yirik islohot xalq fikrini o‘rganilgan holda amalga oshiriladi", - dedi Ortiqxo‘jayev.











