Goldman Sachs prognozi ma'lumotlarning mashinadagi tahliliga asoslangan. Tadqiqot bo‘yicha hisobot investbank rasmiy saytida e'lon qilingan.

Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, ekspertlar jahon birinchiligida besh karra jahon chempioni - Braziliya termasi g‘alaba qozonishini taxmin qilmoqda. Tite shogirdlarining imkoniyatlari 18,5 foizga baholanmoqda. Ikkinchi o‘rinda Fransiya 11,3 foiz bilan joylashdi, favoritlar uchligiga Germaniya termasi yakun yasab berdi - 10,7 foiz.

Ta'kidlanishicha, mezbon jamoa - Rossiya hattoki guruhdan ham chiqa olmaydi.

JCh-2018 Rossiyaning 11 shahrida 14 iyundan 15 iyulga qadar bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin JCh-2018 ishtirokchilari va ishqibozlarga murojaat bilan chiqqandi.