Shaxslarni himoya qilish usullari orasida himoyalanayotgan shaxs haqidagi ma'lumotlarning maxfiyligini ta'minlash, himoyalanayotgan shaxs haqidagi axborotdan foydalanishni cheklash, tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish va boshqalar bor.

Himoyalanayotgan shaxs haqidagi shaxsiy ma'lumotlar maxfiyligini ta'minlash - ushbu shaxs haqidagi axborotni davlat va boshqa axborot-ma'lumotnoma fondlaridan operatorlarda bo‘lgan ma'lumotni berishga taqiq qo‘yish, telefoni abonent raqamini va uning avtomobil raqamini o‘zgartirish.

Bundan tashqari, u yerda ko‘rsatilishicha, alohida holatlarda, himoyalanayotgan shaxsning xavfsizligini boshqa choralar bilan ta'minlash imkonsiz bo‘lganida, uning arizasi yoki roziligi bilan tashqi qiyofasi asl ko‘rinishidan sezilarli darajadagi farqni ta'minlash orqali o‘zgartirilishi mumkin.