Tashrif doirasida ikki tomonlama munosabatlar hamda parlamentlararo hamkorlikni, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinishi mo‘ljallangan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolanishi, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida davra suhbati o‘tkazilishi rejalashtirilgan.