Poytaxtning 11ta tumanda joylashgan 88ta mahallada tegishli ishlar olib boriladi.

Toshkent shahri matbuot xizmati bu boradagi ishlar boshlanib ketgani haqida ma'lumot berdi. Taqdim etilgan fotosuratlarda ko‘rish mumkinki, ishchilar kecha-yu kunduz ishni davom ettirishmoqda. Shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev esa ishlarni joyida nazorat qilib turibdi.

Bundan oldinroq Toshkent shahrida qurilish, ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan mahallalar ro‘yxati e'lon qilingandi.