«Men shuni bilamanki, Karyakin va Mamediyorov avvalgi musobaqalarda durang haqida kelishib olgan», - deya Karlsenning so‘zlarini keltiradi TV2 telekanali.

Norvegiyalikning fikricha, shunday holatlardan biri Stavangerdagi musobaqada yuz bergan.

«Menda hech qanday dalillar yo‘q, lekin men bunga hayron bo‘lmayman. Balki, birga ishlaydigan va do‘st bo‘lgan odamlarning o‘zaro partiyalarini diqqatlik bilan kuzatib borish kerakdir. O‘shanda aldov holati aniqlanadi», - deya ta'kidlab o‘tdi Karlsen.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston shaxmat federatsiyasiga yangi rais saylangandi.