Core i7-8086K kompaniya tomonidan Intel’ning x86 arxitekturasiga ega birinchi mikroprotsessori - Intel 8086 taqdim etilganining 40 yilligiga chiqarilmoqda. U 1976 yilning bahoridan ishlab chiqila boshlangan hamda 1978 yilning 8 iyun kuni taqdim etilgan.

Foto: Intel

Protsessorning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar: LGA 1151 soketiga ega Coffee Lake-S 14-nm arxitektura, 6 yadro 12 oqimli, 4 GGts bazaviy chastota, Boost rejimida 5 GGts, uchinchi darajadagi 12 MB kesh, UHD630 integratsiyalashgan grafikasi, TDP 95 Vt.

Foto: Intel

Intel Core i7-8086K 8 iyun kuni savdoga chiqariladi. Tavsiya etilgan narx hozircha e'lon qilinmadi, biroq, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, u $399 turadi.

Foto: Intel
Foto: Intel