Birinchi o‘rin (19 foiz ovoz to‘plagan) YeChL guruh bosqichida Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi safar uchrashuvida (3:1) madridliklarning yarimhimoyachisi Garet Beylning to‘pni havoda to‘xtatmasdan darvozaga urgan goli egallagan.
 

Ikkinchi o‘rin (18 foiz) «Yuventus»ga qarshi birinchi chorakfinal uchrashuvi (3:0 da Krishtianu Ronalduning qaychi uslubida urgan goliga berilgan.

Uchinchi o‘ringa (12 foiz) yana bir bisiklet usulida urilgan gol — Beylning yaqindagina — «Liverpul»ga qarshi bo‘lib o‘tgan final uchrashuvidagi (3:1) birinchi goli loyiq ko‘rilgan.