Unga ko‘ra, TÜPRAŞ neft-kimyo kompaniyasi Turkiyaning eng yirik sanoat korxonasi deb topilgan. Bu korxona 51 mlrd turk liralik (11,2 mlrd dollar) mahsulot ishlab chiqargan.

Uning ortidan 22,7 mlrd turk lirasi (4,95 mlrd dollar) bilan Ford va 17,8 mlrd turk lirasi (3,88 mlrd dollar) bilan Toyota kompaniyalari kelmoqda.   

Keyingi o‘rinlarni Tofaş, Oyak-Renault, Arçelik, İskenderun Demir Çelik, Ereğli Demir Çelik, İçdaş Çelik va Hyundai Assan kompaniyalari egallagan.