•  kredit mablag‘lari miqdori – loyiha qiymatining 75%igacha;
•  foiz stavka – qayta moliyalashtirish stavkasining ½ qismi (sharh e'lon qilingan paytda MB stavkasi – yillik 14%);
•  kreditning umumiy muddati – 5 yilgacha;
•  imtiyozli davr – 1 yilgacha. 
 
Kinoteatrlar mamlakat hududida ommaviy namoyish qilish maqsadida kinoteatrlarga xorijiy va mahalliy kino mahsulotlarini onlayn yetkazib berishni ta'minlaydigan yagona kinoprokat elektron tarmog‘iga kiradi. Buning uchun «O‘zbekkino» MA tadbirkorlarga kinoteatrlarni jihozlash uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarning namunaviy parametrlarini taqdim etadi.
 
Hujjat 24.05.2018 yildan kuchga kirdi.