Turkiya chempionatining so‘nggi turida «Galatasaroy» safarda «Go‘ztepe» bilan bellashib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Yagona gol hujumchi Gomis tomonidan urildi. Natijada, «Galatasaroy» 75 ochko jamg‘arib, jadvalda «Fenerbaxche» va «Istanbul BB» klublarini 3 ochko ortda qoldirib, chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi. Bu «Galatasaroy» tarixidagi 21-chempionlikdir.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, «Galatasaroy» va «Fenerbaxche» Chempionlar Ligasi, «Istanbul BB» va «Beshiktosh» Yevropa Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. «Usmonlispor», «Genchlerbirligi» va «Qorabuyukspor» chempionatni tark etishdi.