UYeFAning sobiq rahbari Mishel Platini 1998 yilgi jahon chempionatida Fransiya bilan Braziliya terma jamoalarini finalga qadar uchrasha olmaydigan qilib, guruhlarga ajratilganini tan oldi. 

"Biz 6 yil davomida jahon chempionatiga tayyorlanib, kichik hiylalardan foydalanmasak bo‘lmasdi. Boshqa mezbon davlatlar buni qilmaydi, deb o‘ylaysizlarmi? Fransiya hamda Braziliya o‘rtasidagi final barchaning orzusi edi", – dedi Platini. 

1998 yilgi finalda Fransiya Braziliyani 3:0 hisobida mag‘lub etgan edi. 

2015 yil Platini korrupsiya bilan bog‘liq muammolar sabab UYeFA rahbarligidan chetlatilgan edi.