Jerusalem Post nashrining muhokama qilishicha, elchixona ochilishida Gvatemala prezidenti Jimmi Morales va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ishtirok etgan.

Netanyaxu 70 yil avval Gvatemala AQShdan keyin Isroilni tan olgan ikkinchi davlat bo‘lganini eslab o‘tgan.

“Siz har doim birinchilar orasidasiz. Biz do‘stlarimizni doim eslaymiz va Gvatemala o‘shanda ham do‘stimiz bo‘lgan, hozir ham do‘stimizdir”, deb aytgan Netanyaxu.

14 may kuni Al-Qudsda AQShning Tel-Avivdan ko‘chirilgan elchixonasi ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi.