Trampning qutlov telegrammasida ma'lum qilishicha, o‘zaro manfaatli ko‘plab sohalarda birgalikda ishlash imkoniyatini intiqlik bilan kutmoqda. Jumladan, bu savdo aloqalari, demokratik institutlar va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashda yuz beradi.
«Korrupsiya bilan kurashdagi yaxshi o‘zgarishlar, barcha siyosiy partiyalarning birdamligi va Tog‘li-Qorabog‘ mojarosiga tinch yo‘l bilan yechim topish bu sa'y-harakatlarga ko‘mak beradi hamda Armanistonga yorqin kelajakni ta'minlaydi. Sizga va arman xalqiga eng ezgu niyatlarni tilab qolaman», - deyiladi AQSh prezidentining qutlovida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armanistonda katta miqyosda repatriatsiya rejalashtirilayotgani xabar berilgandi.












