AQSh elchixonasi bugun, 14 mayda Al-Qudsga ko‘chirila boshlandi.
“Biz Tel-Avivda joylashgan AQSh elchixonasining Al-Qudsga ko‘chirilishini qoralaymiz. Bu jarayon xalqaro huquq va BMTning barcha qarorlariga zid ravishda amalga oshirildi. Biz falastin xalqining huquqlarini inkor qiluvchi bu qadam mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni o‘rnatish masalalarida yordam bermaydi, deb ta'kidlaymiz”, deyilgan bayonotda.












