«Yevropa investitsion banki o‘z faoliyatini hadli kreditlarni ajratish yo‘li bilan boshlashga tayyor. Moliyalashtirish hajmi qariyb 500 mln dollarni tashkil etadi», - deyiladi lavhada YeIB vitse-prezidenti Vasil Xudakka tayangan holda.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, YeIB mablag‘larni suv resurslarini boshqarish, issiqlik ta'minoti, energiya samaradorlik va agrar sohadagi loyihalarga ajratishni rejalashtirmoqda.
«Moliyalashtirish shakli (hadli kreditlar) – O‘zbekistonga o‘z manfaatlari va ustuvor vazifalarini hisobga olgan holda moliyalashtirish mumkin bo‘lgan loyihalarni tanlashda katta yo‘l ochib beradi», - deyiladi lavhada YeIB vitse-prezidenti Vasil Xudakka asoslanib.
O‘zbekiston va Yevropa investitsion banki mamlakat hududida bank faoliyati bo‘yicha kelishuvni 2017 yilning oktabrida imzolagan.











