“Baxtga qarshi, AQSh ma'muriyati asrlar davomida barcha dinlar uchun muqaddas bo‘lgan shaharga egalik qilishga mutlaq huquqqa da'vo qilgan Isroil tomonini oldi. Elchixonaning ko‘chirilishi munosib tinchlik o‘rniga diniy ixtilofga yangi kuch beradi”, deb aytgan Zomlot.
Diplomatning aytishicha, elchixonaning ko‘chirilishi AQSh ikki davlatni ko‘zda tutuvchi yechimga erishish bo‘yicha xalqaro sa'y-harakatlar tashabbuschisi bo‘lgan davr yakun topganini bildiradi. Zomlotning fikricha, AQSh ushbu mintaqada tinchlikparvar rolidan bosh tortdi va Falastin atrofidagi mavhumlikni yanada kuchaytirdi.
AQShning Isroildagi elchixonasi bugun, 14 may kuni Isroil tashkil topganining 70 yilligi kunida Al-Qudsga ko‘chiriladi.












