Nyu-Yorkda kechgan 12-raundlik jangning 10-raundida u venesuelalik raqibi Xorxe Linaresni nokautga uchratib o‘rta yengil vaznda (-61,2 kg) WBA chempioni bo‘ldi.
30 yoshli Lomachenko professional boksda uchinchi vazn toifasi bo‘yicha jahon chempionligini qo‘lga kiritish uchun nisbatan eng kam jang o‘tkazib (12) jahon rekordini o‘rnatdi.












