«Notiqlik san'ati akademiyasi» nodavlat ta'lim muassasasi nutq mahorati va notiqlik san'atini egallash istagida bo‘lganlarni chorlaydi. Muassasa o‘z o‘quvchilariga quyidagi bilimlarni o‘rgatadi:

- Omma oldida nutq so‘zlash, fikrni erkin bayon etish, qo‘rquv va hayajonni yengish;
- Televideniye va radiokanallarga intervyu berish;
- Muloqot va muomala madaniyatini rivojlantirish;
- Majlis va turli anjumanlarni boshqarish, har xil tadbir va marosimlarda boshlovchilik qilish;
- Kitob mutolaasi, kitobsevarlikka chorlash, o‘qish va uqish sirlarini o‘rgatish;
- Adabiy til me'yorlariga rioya qilgan holda, og‘zaki va yozma nutq madaniyatiga amal qilish ko‘nikmasini hosil qilish;
- Minbar, mikrofon va videokamera orqali jamoatchilikka fikr yetkazish madaniyati;
- Idoraviy hujjatlar, rasmiy, ish yuritish qog‘ozlarini to‘g‘ri yozish va to‘ldirish qoidalarini o‘rgatish;
- Mantiqiy mushohada yuritish va yangicha fikrlash tarzini shakllantirish;
- Har bir xodimda nutq mahorati va notiqlik san'atini takomillashtirish;
- Ta'sirchan so‘zlash va ifodali o‘qish qoidalarini o‘rgatish;

Mashg‘ulotlar har haftaning payshanba va juma (shanba) kunlari soat 17.30dan «POYTAXT» biznes markazida (7-qavat) o‘tkaziladi.

Murojaat uchun telefonlar:
+99890 994 60 90;
+99897 731 60 90;
+99893 544 65 10