Aeroport ma'lumotlariga ko‘ra, o‘yingoh maydoni 20-40 metr kvadratni tashkil qiladi. Maydoncha uchib ketuvchi yo‘lovchilar blokida tashkillashtiriladi va 3-10 yoshli bolalar uchun mo‘ljallanadi. 

Aeroport ma'muriyati har qanday taklif va loyihalarni ko‘rib chiqishini ma'lum qilgan.

Tanlovda ushbu sohada 3 yildan ko‘proq faoliyat yuritayotgan istalgan tashkilotlar ishtirok etishi mumkin. Takliflar qabul qilinishi 16 may kuni tugaydi.