Ma'lum qilinishicha, voqea namoyish vaqtida yuz bergan. Iqbol o‘z avtomobilida bo‘lganda 20-22 yoshlardagi yigit unga to‘pponchadan o‘q uzgan.
O‘q vazirning o‘ng yelkasiga tekkan va u shoshilinch ravishda shifoxonaga yetkazilgan. Ta'kidlanishicha, hozirda Iqbolning holati barqaror va uning hayoti xavf ostida emas.
Bosqinchi hibsga olingan. Jinoyatni sodir etishga nima sabab bo‘lgani ma'lum qilinmagan.











