Natijada, Denov tumani, A.Karimov SIU, Dahana mahallasida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan, S.A.ning yashash uyi va yordamchi xo‘jaliklari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, u yashash uyi va yordamchi xo‘jaligidan jami 125 tup “marixuana” giyohvandlik o‘simligini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.










